Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada eronlik O‘zmunni qo‘lga kiritish uchun o‘nlab klublar raqobat qilmoqda
«Rostov»ning eronlik hujumchisi Sardor O‘zmun Angliya Premer-liganing 8 klubi hamda Dortmundning «Borussiya» jamoasi tomonidan jiddiy qiziqish mavjud. Nemislar jamoasi uni gabonlik hujumchi, keyingi mavsumda «Real»ga o‘tib ketishi kutilayotgan Per-Emerik Obameyyang o‘rniga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda TASS agentligi jarayonga aloqador manbasiga tayanib xabar bergan.
«Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi o‘yinlardan keyin uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga Angliya Premer-ligasining 8ta jamoasi qiziqish bildirdi. PSV bilan o‘yindan keyin ular safiga Dortmundning „Borussiya“ jamoasi ham qo‘shildi. Ular Obameyyangga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Rossiyaliklar klubi bilan muzokaralar olib borilmoqda, ammo hali bu borada aniq gap aytishga erta: Rossiya chempionatining birinchi davrasi yakunlandi, Yevropada esa hali yakunlanmadi. Qishki transferlar darichasi hali ochilmadi. Aniq takliflar oy oxirida yoki keyingi yil boshida bildirilishi kutilmoqda», — degan manba.
Bundan oldinroq, ushbu 21 yoshli futbolchiga Portugaliyaning «Benfika» jamoasi ham qiziqish bildirayotgani ma'lum bo‘lgandi. Angliyada esa uni «Liverpul», «Suonsi», «Vest Hem», «Sauthempton» va «Everton» kabi jamoalar o‘z tarkibiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Shuningdek, Germaniyadagi «Bayyer» va «Shalke» kabi klublar vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Rossiya chempionatida O‘zmun 12 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urgan. U shuningdek, Chempionlar ligasi doirasidagi 10 uchrashuvda 4ta golga mualliflik qilgan.
Futbolchining transfer qiymati 7 million yevroga baholangan.
Mavzuga oid
19:55 / 07.06.2023
«Borussiya» Jud Bellingem «Real»ga transfer qilinganini e’lon qildi
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022