Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola «Manchester Siti»dan haydalishi mumkinligini inkor etmadi
Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola agar jamoa muvaffaqiyatsiz ishtirokini davom ettirsa, lavozimidan ozod etilishi mumkinligini inkor etmadi.
«Futbol uzoq muddatli loyiha emas. Sen unda darhol g‘alaba qozonishing kerak, agar bu narsa sodir bo‘lmasa, senda muammolar paydo bo‘ladi.
Albatta futbol klubida tashkilotchilik masalalarini joy-joyiga qo‘yish ko‘p vaqtni oladi. Ammo murabbiylar darhol yutishni boshlashi kerak, aks holda ularning o‘rniga o‘rinbosar qidirishga tushishadi.
Hozircha men hech qaysi klubdan haydalganim yo‘q. Birinchi marta bu kabi uzoq muddat g‘alabalarsiz uchrashuvlarni o‘tkazib muammoga duch kelmoqdaman. Kelgusi yili vaziyat yaxshi bo‘ladi. Undan keyingi yil esa — yanada yaxshi. Ammo «Siti»ga kelganimdayoq bilardimki, men darhol g‘alaba qozonishim kerak. Klub rahbariyati menga ishonch bildirayotganini his qilmoqdaman, ammo haqiqat shuki, jamoaga g‘alabalar kerak. Jamoa pozitsiyasi natijalarga bevosita bog‘liq.
Vaziyat yaxshi emas, ammo butun dunyoda shundayki, agar kompaniya nimadir yaxshi ishlamayotgan bo‘lsa, muammoni hal qilish yo‘li izlab topiladi», — deya ispaniyalik mutaxassisdan iqtibos keltiradi FourFourTwo.
Mavzuga oid
11:42 / 07.05.2025
Ramzan Qodirov iste’fo so‘rashi haqida gapirib, keyin «uni noto‘g‘ri tushunishgani»ni aytdi
16:18 / 07.03.2025
Xudoyor Meliyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ketdi
19:00 / 05.03.2025
Ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ishdan ketgan
12:30 / 03.03.2025