O‘zbekiston | 18:52 / 14.12.2016
59811
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida Elmira Basitxanova o‘rniga yangi rahbar tayinlandi

12 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilgan, O‘zbekiston bosh vazirining endilikda sobiq o‘rinbosari Elmira Basitxanova o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, pedagogika fanlari nomzodi Narbayeva Tanzila Kamalovna Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz nashriga federatsiyadagi manba ma'lumot berdi.

Ayni vaqtda kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisligi bo‘sh turibdi.

Bundan oldinroq o‘z lavozimidan ozod etilgan Elmira Basitxanova O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir o‘rinbosari lavozimida ish boshlagani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid