O‘zbekistonning JCh-2018 saralashida Eronga qarshi o‘yini sanasi o‘zgardi

Foto: O‘FF matbuot xizmati
Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining taqvimida o‘zgarish yuz berdi.
O‘FF matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Eron hamda O‘zbekiston futbol federatsiyalarining o‘zaro kelishuvi asosida saralashning uchinchi bosqichi 8-turi doirasidagi Eron–O‘zbekiston uchrashuvi 2017 yilning 12 iyun sanasiga ko‘chirilgan.
Taqvimning dastlab tasdiqlangan ko‘rinishiga asosan ushbu o‘yin 2017 yilning 13 iyunida o‘tkazilishi belgilangandi.
Hozirga qadar saralashning uchinchi bosqichi doirasida jamoalar beshtadan o‘yin o‘tkazishgan bo‘lib, Eron A guruhida peshqadamlik qilmoqda. Karlush Keyrush boshchiligidagi jamoa hisobida 5 o‘yindan so‘ng 11 ochko mavjud. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan Janubiy Koreya hisobida 10, uchinchi o‘rindagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi hisobida esa 9 ochko bor.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining saralash bosqichidagi keyingi uchrashuvi 23 mart kuni safarda Suriyaga qarshi bo‘ladi. Unga qadar esa O‘zbekiston Armaniston hamda Gruziya terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish borasida kelishuvga erishgan.
Gruziya terma jamoasiga qarshi nazorat o‘yini 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tsa, Armanistonga qarshi 12 fevral kuni o‘tkazilishiga kelishilgan.
Mavzuga oid

11:33
Reuters: Eron AQSh bilan yangi yadroviy kelishuv uchun kafolatlar olishni istayapti

21:53 / 15.04.2025
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?

17:26 / 15.04.2025
The Guardian: AQSh Eronga uran zaxirasini Rossiyaga topshirishni taklif qildi

12:30 / 15.04.2025