Jahon | 00:04 / 15.12.2016
3805
1 daqiqa o‘qiladi
Alaska Air aviatsion xoldingi Virgin America’ni sotib oldi
AQShning Alaska Air aviatsion xoldingi Virgin America aviakompaniyasini 2,6 mlrd dollarga sotib oldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Britaniyalik milliarder Richard Brenson aviakompaniyasining sotib olinishi Alaska Air’ga AQShning American Airlines Group Inc., Delta Air Lines Inc., United Airlines Inc. va Southwest Airlines Co. aviakompaniyalaridan keyin 5-raqamli aviatashuvchisiga aylanishiga imkon berdi. Xoldingning kunlik aviareyslari 1,2 minggacha oshib, reyslar 118 yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta'kidlanishicha, Virgin America ma'lum muddat o‘z nomi ostida ishlashni davom ettiradi.