Jahon | 09:53 / 15.12.2016
9278
2 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasi chiroqlari Halabni qo‘llab-quvvatlash timsoli sifatida o‘chirildi

Foto: AFP

14 dekabr kuni Parij Eyfel minorasining tashqi yoritqich chiroqlari Suriyaning Halab shahrini qo‘llab-quvvatlash timsoli sifatida o‘chirildi, deb xabar qilmoqda Independent gazetasi. 

Fransiya poytaxti hokimi Ann Idalgoning hikoya qilishicha, ushbu aksiyaning maqsadi xalqaro hamjamiyatni Suriyadagi terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirishdir. Bu yerda harbiy mojaro davrida 400 mingdan ortiq insonning yostig‘i qurigan. 

12 dekabr kuni Suriya armiyasi Halabning 95 foizi ustidan nazorat o‘rnatganini e'lon qilgan va tinch aholi vakillarini ko‘chirish ishlarini boshlagan edi. Biroq, 14 dekabrda shahardagi harbiy harakatlar davom ettirildi. Suriyaning yirik transport va moliya markazi uchun kurash qariyb 4 yildan buyon davom etmoqda. 

Aytish joizki, Eyfel minorasi chiroqlari birinchi marotaba o‘chirilayotgani yo‘q. 2015 yil 8 yanvarida Parijning asosiy diqqatga sazovor binosi chiroqlari Charlie Hebdo tahririyatiga uyushtirilgan hujum oqibatida halok bo‘lgan 12 nafar kishining xotirasiga ham o‘chirilgan edi. 

 

Mavzuga oid