Fan-texnika | 08:17 / 15.12.2016
3564
2 daqiqa o‘qiladi

Panasonic’da elektron sotuvchi ixtiro qilindi

Amazon o‘zining sotuvchilar va xodimlar bo‘lmaydigan do‘konini sinovdan o‘tkazayotgan bir vaqtda, ba'zi yirik kompaniyalar biroz boshqa yo‘nalishda ish olib borishmoqda. Misol uchun, Yaponiyaning Panasonic kompaniyasi xarid qilingan mahsulotlarni skanerlab, ularga to‘lanadigan haqni hisob-kitob qilib, barcha xaridni paketlarga joylab, bank kartasidan kerakli pulni yechib oladigan elektron sotuvchini yaratishga qaror qildi. Bu haqda Wall Street journal nashri xabar bermoqda. 

Bu sotuvchi mahsulotlar uchun oddiy savatchaga o‘xshaydi va bir qarashda uning robot ekanligini ham sezish mushkul. Yangi tizim Lawson supermarketlari tarmog‘ida sinovdan o‘tkazilmoqda. Biroq hozircha "aqlli" savatchaga to‘liq quvvatda ishlashga ruxsat berilmayapti, shuning uchun xaridorlar mahsulotlarni o‘zlari skanerdan o‘tkazmoqdalar. Biroq do‘konlar tarmog‘i keyingi yildan bu ishni robotning o‘zi bajara boshlashini aytmoqda.

Xaridni amalga oshirish uchun mahsulotlar savatchasi kassaga qo‘yiladi, shundan keyin ochilgan darcha orqali mahsulotlar maxsus bo‘limga tushadi va u yerda saralanib, upakovka qilinadi.

Do‘konlardagi kassachilar va upakovkachilar bu yangi "xodim"dan tashvishga tushib qoldilar, biroq tarmoq rahbariyati bu lavozimlarda ishlovchi barcha xodimlarini ham bo‘shatmaslikka qaror qildi. Axir xaridor bu zamonaviy tizimlardan foydalanishni bilmasa, unga bunda yordam beradigan, yo‘l-yo‘riq qo‘rsatadigan xodim kerak bo‘ladi-ku. 

 

Mavzuga oid