Sport | 19:56 / 16.12.2016
10243
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik futbolchi farzandlariga Ronaldu nomini tilga olishni taqiqlagan

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dimitri Payye o‘z farzandlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalamoqda.

"Mening farzandlarim bor. Ular ba'zi futbolchilarning muxlislari hisoblanishadi. Men ularning ko‘zlarida futbolga muhabbatni ko‘raman. Ular o‘z kumirlariga taqlid qilishadi, ularning harakatlarini, so‘zlarini va golni nishonlash uslublarini takrorlashga urinishadi.

Mening bolalarim Ronaldu va Messini yoqtirishadi, ammo Yevro-2016 finalidan keyin ularga Ronalduning nomini tilga olishni taqiqladim", degan Payye.

Fransiya shu yilning yozida portugaliyaliklarga Yevropa chempionati finalida mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu uchrashuvda maydonga tushgan Dimitri Ronalduning jarohat olib maydonni tark etishiga sabab bo‘lgan. Shundan keyin Ronalduning muxlislari Payyeni ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlay boshlashgandi.

Bundan oldinroq, ushbu uchrashuvda Fransiya darvozasini ishg‘ol etgan Eder fransiyalik muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchrayotgani haqida xabar berilgandi.

Ronaldu Yevro-2016 finali vaqtida jarohat olib maydonni zambilda tark etdi

Mavzuga oid