Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp mashhur aktyorni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi
AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Gollivudning mashhur aktyori Silvestr Stalloneni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda. Tramp aktyorni AQShning san'atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi rahbari lavozimiga tayinlamoqchi.
Tramp hozircha aktyorga rasmiy taklif bildirmagan, biroq nashrning fikricha, Stallone bunga ijobiy munosabat bildiradi.
Tramp shtabidagi manbalar Fox News telekompaniyasiga Stallone borasida rasmiy qaror qabul qilinmaganini aytganlar. Biroq Tramp Stallone haqida "juda yaxshi fikrda" va ular anchadan beri do‘st tutinganlar.
San'atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi AQShda 1965 yilda san'at sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan.

Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020