Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi portlashda 13 nafar harbiy qurbon bo‘ldi
Turkiyaning markaziy hududida joylashgan Kaysari shahrida harbiylarni olib ketayotgan avtobusning portlashi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Mamlakat Bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, yana 48 nafar odam jarohatlangan, deb xabar qilmoqda Haberturk agentligi.
«Ertalab, 08:45da sodir etilgan teraktda, avtomobilning zaxiradagi harbiylarni olib ketayotgan avtobusga kelib urilishi oqibatida bizning 13 jangovar safdoshimiz halok bo‘ldi, 48 nafari yaralandi. Jarohatlanganlar zudlik bilan shifoxonaga olib borildi. Jabrlanganlar orasida oddiy fuqarolar ham bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Hozircha, ushbu hodisa yuzasidan javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Bir hafta muqaddam, 10 dekabrda ham Istanbulda kuchli portlash sodir etilgan, natijada 40 dan ortiq inson halok bo‘lgan, 150 dan ortig‘i yaralangan edi. Istanbul portlashini kurd isyonchilari o‘z zimmasiga olgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025