Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada ro‘y bergan YTH oqibatida 10 ziyoratchi halok bo‘ldi
18 dekabr kuni Shri-Lanka shimolida joylashgan Jafna yarim orolida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 10 kishi halok bo‘lib, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda Indian 24 News xabar tarqatgan.
Ushbu hodisa A9 shossesida ro‘y bergan. Ziyoratchilarni olib ketayotgan mikroavtobus yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashgan. Halok bo‘lganlarning bari mikroavtobus yo‘lovchilari. Jarohatlangan 20 kishining 3 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Politsiya bu hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlagan. Mahalliy huquq-tartibot organlari xodimlariga ko‘ra, bu YTH oxirgi vaqtlarda ushbu hududda ro‘y bergan eng yirik yo‘l-transport hodisasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025