Jamiyat | 08:53 / 19.12.2016
5818
1 daqiqa o‘qiladi
Shanxayda ombordagi baxtsiz voqea oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
Shanxaydagi omborlardan birida metall panellar tushib ketishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Shanghai Daily.
Ta'kidlanishicha, voqea Shanghai Zhongxin Stainless Steel kompaniyasi omborida yuz bergan. Ushbu holat yuzasidan politsiya ombor egasini so‘roq qilgan.
Ombor xodimlaridan biri voqea vaqtida ushbu joyda 8 kishi bo‘lganini aytgan.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bir metall panelning og‘irligi 50 kg gacha yetishi mumkin. Odamlar ustiga tushib ketgan konstruksiyaning og‘irligi esa 4-5 tonna bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
00:31 / 16.09.2024
Shanxay aeroportlarida «Bebinka» tayfuni tufayli barcha reyslar bekor qilinmoqda
22:35 / 17.08.2023
Finlandiyada radiologik va yadroviy tahdidlarga qarshi eng yirik ombor yaratiladi
08:03 / 21.07.2023
1 avgustdan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlar platformasi ishga tushiriladi
08:08 / 20.06.2023