Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada NATO bosh taftishchisi o‘z joniga qasd qilgani ma'lum bo‘ldi
NATOning bosh auditori Iv Shandelon o‘z joniga qasd qilgan. U Belgiyaning Anden shahrida o‘lik holda topilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Namyur viloyatidagi prokuraturaga asosan.
"Jasadni yorish – bu o‘z joniga qasd qilish ekanini ko‘rsatdi. Jasad yonidan vidolashuv maktubi ham topilgan", - dedi prokuratura vakili.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Shandelonning jasadi o‘tgan juma kuni aniqlangandi.
7sur7 internet-portali ma'lumotiga ko‘ra, NATO amaldorining jasadi uning ish joyidan 140 va o‘zi istiqomat qilgan Lens shahridan 100 kilometr uzoqlikda topilgan.
OAV xabariga ko‘ra, 60 yoshli Shandelonning nomiga uchta o‘qotar qurol ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Biroq jasadning yonida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan qurol topildi. Undan boshga qarata o‘q uzilgan.
Shandelon atrofidagi kishilarning ta'kidlashicha, u so‘nggi paytlarda “g‘alati” telefon qo‘ng‘iroqlarini qabul qilayotgani haqida aytgan, deb ta'kidlaydi 7sur7.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025