Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami bo‘ldi
"Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb topildi. Bu haqda AS xabar berdi.
U "sportcha va insoniylik fazilatlari" uchun shunday mukofotga munosib ko‘rilgan.
Marosim tashkilotchisi Holid Shuman ushbu futbolchi shu yilning martida bombardimonlar ostidan chiqqan 5 yoshli bola bilan uchrashganini eslatib o‘tgan.
Avgust oyida esa Ronaldu Yaqin Sharq masalasi borasida Falastin tomonida ekani uchun Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvdan bosh tortgandi. U Isroil terma jamoasiga qarshi o‘yinda raqib bilan libos almashtirishga ham rozi bo‘lmagan.
Bundan tashqari, u "Oltin butsa"sini kim oshdi savdosida sotib, pulini (1,5 million dollar) falastinlik bolalar uchun xayriya qilgandi.
Mavzuga oid
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
18:37 / 14.09.2024
G‘arbiy sohildagi bosqin: borgan sari ko‘proq falastinlik haydab chiqarilmoqda
23:18 / 12.09.2024