Sport | 11:38 / 22.12.2016
8699
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Agar Messining moliyaviy talablari bajarilmasa, u «Barselona»dan ketadi

«Barselona» va Lionel Messi o‘rtasidagi shartnoma uzaytirilishi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Ispaniya televideniyesidagi Estudio Estadio ko‘rsatuvida shu haqda fikr yuritildi.

Dasturning tvitterdagi sahifasida Messi o‘z do‘stlaridan biriga agar «Barselona» o‘zi istagan pulni to‘lashga rozi bo‘lmasa, hatto Xitoy klubiga o‘tib ketishi ham mumkinligi haqida gapirgan. Ispaniyadagi jurnalistlar u bu haqda «Chelsi» yarim himoyachisi Sesk Fabregasga aytganini taxmin qilishmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda, Xitoyning «Xebey Chayna Forchun» klubi Messiga 100 mln yevro miqdoridagi maoshni nazarda tutuvchi 5 yillik shartnoma taklif qilgani aytilgandi. 

Messining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan. Ayni vaqtda shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid