Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Total Braziliyadagi neftgaz konlarni o‘zlashtirishga sarmoya kiritadi
Fransiyaning neftgaz kompaniyasi Total Braziliyadagi neftgaz konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etishni rejalashtirayapti. Shu maqsadda, Braziliya janubi-sharqiy sohilidagi Santos havzasida joylashgan konlarda faoliyat yuritish huquqini xarid qilish niyatida, deb yozmoqda Folha de Sao Paulo nashri.
Qayd etilishicha, yaqin 60 kun ichida Braziliya davlat neftgaz kompaniyasi Petrobras bilan imzolanishi kutilayotgan shartnoma qiymati 2,2 mlrd dollarni tashkil etadi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, gap Yara va Lapa neftgaz konlari haqida bormoqda. Total bu hududlar mahsulotining tegishli ravishda 22,5 va 35 foizlik ulushiga ega bo‘ladi.
Niderlandiya-Britaniya neftgaz kompaniyasi Royal Dutch Shell Braziliyadagi neftgaz loyihalariga kelasi 10 yilda 10 mlrd dollar sarmoya kiritishni rejalashtirayotgani haqida noyabr oyida xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025