Jahon | 07:58 / 23.12.2016
7763
1 daqiqa o‘qiladi
Qizil Xoch: Sharqiy Halabdan ko‘chirish yakunlandi
Suriyaning Halab shahri va Idlib viloyatining ikki qishlog‘idagi o‘n minglab aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha ishlar poyoniga yetdi. Bu haqda, Xalqaro Qizil Xoch jamiyati vakili Krista Armstrong ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«Barcha ko‘chishni xohlagan tinch aholi vakillari, yaralanganlar va jangovar harakatlar ishtirokchilari ko‘chirildi», — degan Armstrong.
Bir haftalar muqaddam boshlangan amaliyot Suriya arab Qizil Yarimoy jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.