Jahon | 15:37 / 23.12.2016
12795
1 daqiqa o‘qiladi

Shoygu Halabning ozod etilganini e'lon qildi

Halab shahridan jangarilarni olib chiqarish bo‘yicha amaliyot yakunlangan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi vaqtida ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha zarur sharoitlar barpo etildi.

Mudofaa vaziri prezidentga bu amaliyot haqida hisobot bergan.

«Amaliyot sizning topshirig‘ingiz bo‘yicha Eron va Turkiya bilan aloqada olib borildi. Endi ikkinchi bosqichga o‘tish kerak. Menimcha biz Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish arafasidamiz», — degan Shoygu.

Mavzuga oid