Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma korxonalar tuzadi
O‘zbekiston va Pokiston iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik qiladi. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov 22 dekabr kuni Pokiston Savdo vaziri Xurram Dastgir Xon bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Xurram Dastgir Xon O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar kengaytirishiga zamin bo‘lishi haqida qayd etgan.
Pokistonlik vazir O‘zbekiston va Pokistonning o‘zaro savdo-iqtisodiy sohada katta salohiyatga ega ekanini aytib o‘tgan. U istiqbolda o‘zaro mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan u o‘zaro savdo munosabatlarni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan mavjud muammolar haqida ham to‘xtalgan va bu to‘siqlarni olib tashlash uchun hamkorlikda ishlash zarurligini qayd etgan.
Vazir Karachi va Lahorda O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmalarini tashkillashtirishni, qo‘shma korxonalar tuzishni taklif etgan.
Shuningdek, vazir hukumatlararo komissiya faoliyatini tiklashni hamda tez vaqt ichida komissiya majlisini o‘tkazishni taklif qilgan.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov Pokiston hukumatining bu borada sa'y-harakatlari O‘zbekiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini bildirgan.
Ro‘ziqulov O‘zbekiston hududidagi maxsus iqtisodiy hududlar faoliyati haqida ma'lumotlar taqdim etib, pokistonlik investorlarni bu hududlardagi loyihalarda ishtirok etishga taklif qilgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
17:40 / 13.05.2025