Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada eng katta maoshlarni oluvchi murabbiylar reytingi tuzib chiqildi
Fransiyaning L’Equipe gazetasi futboldagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylar reytingini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatni Luis Enrike («Barselona») boshqarib bormoqda. U oyiga 1,56 million yevro maosh oladi. Bunda uning pullari soliqlardan tashqari hisoblanadi.
Kuchli uchlikka, shuningdek, Xosep Gvardiola («Manchester Siti», 1,48 mln) va Joze Mourino («Manchester Yunayted», 1,36 mln) kirgan.
Kuchli beshlikni «Bavariya» va «Arsenal» ustozlari to‘ldirgan. Karlo Anchelotti Bundesliga klubida 1 million yevro maosh oladi. Vengerning London klubidagi oyligi esa 820 ming yevroga teng.
«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan oyiga 449 ming yevrolik maosh bilan 9-o‘rinda joylashgan.
O‘nlikdan, Diyego Simeone (770 ming), Yurgen Klopp (692 ming), Antonio Konte (641 ming) va Unay Emeri (420 ming) joy olgan.
«Yuventus» Massimiliano Allegriga 415 ming (11), «Borussiya Dortmund» esa Tomas Tuxelga 340 ming yevro (12) to‘lashi aniqlangan.
Mavzuga oid
20:20 / 05.07.2023
Luis Enrike – «PSJ» bosh murabbiyi
16:55 / 08.12.2022
Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi bilan xayrlashdi
15:36 / 09.04.2022
Manchester – Liverpul to‘qnashuvi: Klopp Gvardiola mehmoni, «MYu» «Everton»ga qarshi
18:38 / 19.11.2019