Fotojamlanma: Shavkat Mirziyoyev hamda Almazbek Atamboyevning uchrashuvi
24 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasiga amaliy tashrif bilan keldi.
Almazbek Atamboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Islom Karimov xotirasini yod etishdi. Ikki davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti qabri poyiga guldastalar qo‘yishdi.
So‘ngra ikki davlat rahbarlari Jomboy tumanidagi «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga tashrif buyurishdi va u yerda o‘zbek-german qo‘shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, ushbu zavodda ishlab chiqarilayotgan texnika namunalarini ko‘rishdi.
Shundan so‘ng, Almazbek Atamboyev yangi Chevrolet Captiva avtomobiliga o‘tirib ko‘rdi.
Forumlar majmuasi saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan chuqur ta'ziya bildirgani uchun minnatdorlik izhor etdi. Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirgani O‘zbekiston xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi ekani ta'kidlandi.
Qirg‘iziston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan yana bir bor tabrikladi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024