Fan-texnika | 18:43 / 26.12.2016
10254
2 daqiqa o‘qiladi

Ilk "aqlli ko‘zoynaklar" ishlab chiqarildi - ORBI Prime

Berklilik startapchilar ORBI Prime - panorama kamerali ilk modelni ishlab chiqishdi. Gadjyet 360 darajali surat va videolar olish, shuningdek ular bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishish imkonini beradi. Bu haqida Indiegogo nashrida xabar berildi. 

ORBI Prime to‘rt kamera bilan ta'minlangan. Final tasvir o‘lchovlari 4K'ni tashkil qiladi. Videoni barqarorlashtirish tizimi mavjud bo‘lib, u kadrdagi silkinishlarni kamaytiradi.

ORBI Prime o‘rnatilgan akkumulyator orqali ishlaydi - uning zaryadi taxminan 1,5 soatga yetadi. Suratga olingan materialni darhol ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish mumkin - buning uchun "aqlli ko‘zoynaklar"da Wi-Fi-moduli mavjud. 

Ko‘zoynak korpusi polikarbonatdan tayyorlangan va suvdan himoya bilan ta'minlangan. Uning linzalari - polyarizatsion. To‘plamda ko‘zoynaklarni tushib ketishdan saqlovchi maxsus lyamka bor. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularni hatto sport dubulg‘alari bilan ham taqish mumkin - shunda ekstremal sarguzashtlarni maksimal darajada samarali tasvirga oladi. 

Ilk investorlar 199 dollarga ORBI Prime'ni buyurtma qilishlari mumkin. Qurilmani 2017 yilning avgustida yetkazib berishga va'da berishmoqda. Gadjyet erkin sotuvda taxminan 650 dollardan sotiladi.  

Mavzuga oid