Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada bir hafta ichida Gulenning mingdan ortiq tarafdori ushlandi
O‘tgan haftada Turkiya hukumati muxolifatchi Fathulla Gulenning tashkiloti bilan bog‘liqlikda gumon qilingan 1096 kishini ushladi. Ulardan 426 nafari hibsga olingan, deb xabar berdi 26 dekabrda Turkiya ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda Hürriyet Daily News nashri.
Vazirlik xabarida aytilishicha, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorlariga qarshi operatsiyalar davomida 508 kishi ushlangan, ulardan 78 nafari hibsga olingan. IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinib 78 kishi ushlangan, ulardan 12 nafari hibsga olingan.
Ta'kidlanishicha, mamlakat xavfsizlik kuchlari bir hafta ichida 220 ta aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tkazgan, ular davomida 4 nafar jangari yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025