Xorijiy OAV 2016 yilning eng betarbiya mashhurlarini ma'lum qildi
Britaniyaning Daily Mail tabloidi 2016 yilning eng betarbiya mashhurlarini ma'lum qildi.
Nashr eng beadab holat sifatida AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klintonning oktabrdagi debatlarda bir-birlari bilan so‘rashmaganlarini aytdi.
Eng nopunktuallar sifatida gersog Uilyam va gersoginya Keyt ataldi, chunki ular Kanadaga tashriflari vaqtida o‘zlarini kutishga majbur qilganlar.
"Eng yomon so‘rashish" yo‘nalishidagi "mukofot" Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga u gersog Uilyam va gersoginya Keytning Kanadaga tashrifi vaqtida ularning farzandlari – shahzoda Jorjga "besh berib ko‘rishmoqchi" bo‘lgani uchun berildi.
Eng xushmuomalasiz deb esa erkak tennischilar orasida Uimbldon chempioni Endi Myurrey topildi. U chempionat an'analariga amal qilishdan, ya'ni musobaqaning ayollar o‘rtasidagi g‘olibasi Sirena Uilyams bilan birinchi raqsga tushishdan bosh tortdi.
Shahzoda Garri esa yil boshida OAVlardan shikoyat qilgani uchun "bolalar aravachasidan o‘yinchoqlarni eng yaxshi otish" yo‘nalishida "g‘olib" bo‘ldi.
Amerikalik qo‘shiqchi Britni Spirs saqich chaynashni yaxshi ko‘rishi sababli "eng yomon odat egasi" deb topildi.
Mavzuga oid
15:36 / 18.11.2024
Tryudo Sholsning Putinga qo‘ng‘iroq qilish qarorini qo‘llab-quvvatladi
20:27 / 19.09.2023
Kanada Hindistonni o‘z hududidagi siyosiy qotillikda aybladi
17:03 / 10.06.2023
Kanada bosh vaziri va moliya vaziri Kiyevga tashrif buyurdi
14:29 / 23.08.2022