Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tekstil mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniya tashkil etiladi
«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibida maxsus tashqi savdo tashkiloti - «O‘ztekstileksport» MChJ tashkil etiladi. U quyidagi asosiy vazifa va yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, deb yozmoqda Podrobno.uz sayti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra, yangi tuzilma yengil sanoat korxonalari, xususan, kichik va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, reklama faoliyati yordamida yengil sanoat mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish, ko‘rgazmalar va vaqtli nashriyotlarda eksport salohiyatini keng targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, ushbu kompaniya yengil sanoat korxonalariga o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar imzolash va xorijda tashkil etiluvchi savdo uylari vositasida eksport qilishiga ko‘mak beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi, xom-ashyo va materiallar, aksessuarlar va furnituralarni keltirishda yordam ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025