Iqtisodiyot | 19:39 / 28.12.2016
15221
1 daqiqa o‘qiladi

Rubl payshanba kuni yillik maksimumlarni yangilashi mumkin

Foto: RIA

Rubl 2016 yil so‘nggi kunlariga kelib yillik maksimumlarni yangilashda davom etmoqda. Yevro 2015 yil iyulidan beri ilk marotaba 63 rubl atrofida sinovdan o‘tmoqda. Dollar esa yildagi eng quyi ko‘rsatkichlarga yaqin kursda sotilmoqda. Moskva banklararo valyuta birjasi ma'lumotlari shunga dalolat qilmoqda. 

Shunday qilib, dollarning "ertaga" (payshanba – 29 dekabr) hisoblari bilan kursi 28 dekabr savdosida 0,09 rublga arzonlashib, 60,59 rublni tashkil etgan. Yevro kursi esa 0,42 rublga pasayib, 63,01 rubl sifatida belgilangan.

Avvalroq, kun davomidagi savdolar chog‘ida Yevro kursi 63 rubldan pastga tushishga ham ulgurgan edi. Dollar yilning eng quyi ko‘rsatkichi 60,47 rublga yaqinlashgan va 60,53 rublgacha pasaygandi.


 

Mavzuga oid