Sport | 20:13 / 29.12.2016
9046
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning ikki kuchli tennischisi ko‘prikda tennis o‘ynashdi

Ayni vaqtda birinchi raqamli tennischi Endi Marrey va ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Abu-Dabidagi ko‘rgazma musobaqasi arafasida Abu-Dabidagi Al-Maryan orolidagi ko‘prikda tennis o‘ynashdi.

29 dekabrda bu yerda “Mubadala Tennis Championship” musobaqasi boshlanadi. U 31 dekabrgacha davom etadi. Musobaqaning birinchi davrasida Rafael Nadal yarimfinalga chiqish uchun Tomash Berdixga qarshi kortga chiqadi. Britaniyalik tennischi Endi Marrey esa yarimfinalda David Goffen - Jo-Uilfrid Tosnga juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Marrey va Nadal musobaqaga bag‘ishlangan promo-tadbirda ishtirok etib, so‘ngra matbuot bilan suhbat qurishgan.

"Men Abu-Dabiga yana qaytganimdan xursandman. Men bu yerga ko‘p yillar davomida kelganman va mavsum men uchun aynan shu yerdan boshlanishi ajoyibdir. Bu men uchun yaxshi tajriba bo‘ladi. Mavsumlar o‘rtasida men Mayamida tayyorlandim. Men mavsumni birinchi raqamli tennischi maqomida yakunlash uchun o‘tgan mavsumda ko‘p ishladim", deb aytdi Marrey intervyuda. 

"Abu-Dabiga yana qaytish ajoyibdir. Men endi yaxshi darajada o‘ynay olaman. Menda bu musobaqada g‘alabalar haqida yaxshi xotiralar qolgan", deb aytgan Nadal.

 

Mavzuga oid