Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an NATOni aybladi
Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an NATOni alyans turk armiyasiga Suriyaning Al-Bob shahrini IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotiga ko‘mak bermayotganda aybladi.
“Al-Bobdagi amaliyotda biz NATO va ittifoqdoshlarimizdan bironta ham yordam ko‘rmayapmiz. Agar biz ittifoqdosh bo‘lsak, NATO ham biz bilan birga bo‘lishi kerak”, - deya ma'lum qildi Erdo‘g‘an Anqarada bir guruh olimlarga mukofotlar berish marosimida so‘zga chiqib.
U Turkiya IShIDga yordam berayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. “Turkiya IShID bilan kurashda eng katta hissa qo‘shayotgan davlatdir”, - deya qo‘shimcha qildi turklar yetakchisi.
Ma'lumot uchun, Turkiya armiyasi 24 avgustdan “Firot qalqoni” amaliyotini boshladi. U IShID jangarilariga qarshi yo‘naltirilgan bo‘lib, Suriya muxolifati ko‘magida chegara yaqinidagi Jaroblus shahri egallandi va ayni damda Al-Bob shahriga hujum boshlangan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025