Sport | 22:05 / 30.12.2016
5620
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada iste'fo: Prandellining safari 3 oyda qaridi

Ispan nashrlari Chezare Prandelli «Valensiya» boshqaruvidan ketgani haqida yozmoqda.

Sport.es ma'lumotiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis klub rahbariyatiga ketish qarorini qabul qilgani haqida bildirgan. Ayni vaqtda tomonlar shartnomani bekor qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Chezare Prandelli «Valensiya»ga shu yilning oktabrida bosh murabbiy etib tayinlangandi. O‘shanda tomonlar 3 yillik shartnomani imzolagandi.

«Valensiya» Ispaniya chempionatining 15 turidan keyin 12 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 17-o‘rinda joylashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid