Jahon | 15:41 / 30.12.2016
3573
1 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya prezidenti mamlakat bosh vazirligiga taklif qilingan nomzodni tasdiqladi

Foto: © AFP

Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis juma kuni mamlakat bosh vaziri lavozimiga Sorin Grindyanu nomzodi qo‘yilishiga rozilik berdi. Bu haqida Ruminiya davlat rahbarining saytida ma'lum qilindi. 

Sotsial-demokratik partiyaning (SDP) 43 yoshli vakili bo‘lgan Grindyanu 2014-2015 yillarda Aloqa va axborot jamiyati vazirligini boshqargan. Bugungi kunda u Timish uyezdi Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritadi. 

11 dekabr kuni Ruminiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida SDP katta tafovut bilan g‘alaba qozondi. Natijada SDP hamda Liberal va demokratlar Alyansi koalitsiyasi hosil bo‘ldi, bu ularga vazirlar mahkamasi lavozimiga birgalikda nomzod taklif qilish imkonini berdi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid