Sport | 10:36 / 02.01.2017
8426
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Yunayted» Ispaniyadan yana ikki yulduz futbolchi olib kelmoqchi

«Manchester Yunayted» shu yilning yozida Madridning «Atletiko» jamoasidan Antuan Grizmann va Saul Nigesni sotib olmoqchi.

The Times xabariga ko‘ra, «matraschilar» jamoasi bilan yaqindagina shartnomalarini uzaytirgan bu futbolchilarni xarid qilish uchun inglizlar jamoasi 145 mln funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Ammo «qizil iblislar» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bu futbolchilar har qanday xarajatni oqlashiga ishonch bildirmoqda.

Portugaliyalik mutaxassis elita jamoalar qatoriga qaytish uchun «MYu» yana 4-5 nafar dunyo darajasidagi futbolchilarni xarid qilish kerak deb hisoblaydi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid