Moskvaga AQShdan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar samolyoti yetib keldi
2 yanvarda Moskvaga AQShdan chiqarib yuborilgan rossiyalik diplomatlar samolyoti yetib keldi.
29 dekabrda AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati "saylovlarga aralashuv" va Rossiyada ishlovchi "amerikalik diplomatlarga bosim o‘tkazilishi" tufayli Rossiyaning 9 ta muassasasi, kompaniyalari va jismoniy shaxslari, Bosh razvedka boshqarmasi va Federal xavfsizlik xizmatiga nisbatan sanksiyalar kiritgandi. Shuningdek, rossiyalik diplomatlarga Rossiyaning Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasi "dala hovlilari" deb ataluvchi ikkita turar joy majmuasiga va Rossiyaning diplomatik mulki hisoblanuvchi Vashingtondagi elchixonasiga kirish taqiqlab qo‘yildi. Bundan tashqari, 35 rossiyalik diplomat persona non-grata deb e'lon qilingan.
Bunga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik diplomatlarni chiqarib yubormaslikka qaror qilgan. Putin Obama ma'muriyatining bu nodo‘stona qadamlarini "Rossiya-AQSh munosabatlariga putur yetkazishga qaratilgan ig‘vogarlik" deb atagan.
Mavzuga oid
12:10
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024