Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademiklarning oylik gonorarlari oshiriladi
2017 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston fanlar akademiyasi a'zolariga 10ta eng kam ish haqi miqdoriga teng mablag‘dan (1,5 million so‘m atrofida) iborat gonorar berila boshlaydi va bu gonorardan daromad solig‘i olinmaydi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari faoliyatini takomillashtirish va rag‘batlantirish to‘g‘risidagi farmonida nazarda tutilgan.
Qayd etish kerakki, bungacha akademiklarning oylik gonorarlari miqdori 4ta eng kam ish haqi miqdoriga teng bo‘lgan va endi gonorarlar miqdori 2,5 barobar oshgan.
Hujjatga ko‘ra, bundan buyon FA haqiqiy a'zolarini tasdiqlashni mamlakat Prezidenti prezidium hamda tegishli ilmiy mutaxassisliklar bo‘yicha haqiqiy a'zolar tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiradi.
Bundan tashqari, tegishli vazirlik va idoralarga bir oy muxlat ichida FA haqiqiy a'zolarini ilmiy-ma'rifiy va ishlab chiqarish jarayonlariga faol jalb qilish, ularning fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishdagi rolini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, FA haqiqiy a'zolarining ilmiy-ma'rifiy muassasalarda hamda sanoat korxonalarida samarali mehnat qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Akademiya a'zolari 1 kishi hamrohligida 1 yilda 1 marta O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi sog‘lomlashtirish sanatoriylari hamda Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi «O‘zbekiston» sanatoriylarda bepul davolanish kurslarini o‘tashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni prezident mamlakatning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
17:29 / 28.02.2025
Amir Temur haqida risola yozib Sovet tuzumi tazyiqi ostida qolgan o‘zbek olimi – Ibrohim Mo‘minov
22:07 / 13.11.2024
Akademik Temurjon Nosirov 83 yoshida vafot etdi
12:38 / 08.04.2024
“Ovoz” loyihasining gonorariga salkam 2 mlrd so‘m ajratildi
13:57 / 13.07.2023