Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda avtotransport ijarasining minimal stavkalari belgilandi
O‘zbekiston hukumati 2017 yil uchun avtotransport vositalari ijarasining yangi minimal stavkasini belgiladi.
Unga ko‘ra, minimal stavkalar O‘zbekiston Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida" qaroriga muvofiq belgilandi.
Minimal stavkalar avtotransport vositalarini ijaraga olishda soliq bazasining kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida belgilandi.
Mazkur mulkni ijaraga berishda jismoniy shaxslar daromadiga nisbatan belgilanadigan soliq shartnoma bo‘yicha ijara to‘lovi summasidan olinadi, biroq u belgilangan minimal stavkalardan kam bo‘lmasligi kerak.
Stavkalar avtotransport turiga qarab alohida belgilangan. Yengil avtomobillar uchun oylik minimal ijara stavkasi 330 ming so‘mni tashkil qiladi (2016 yilda - 220 ming so‘m), boshqa transport turlari (mikroavtobuslar, avtobuslar, yuk mashinalari) uchun - 645 ming so‘m (430 ming so‘m).
Mavzuga oid
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
18:16 / 26.03.2025