Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya kompaniyasi o‘zbek kompaniyasi aksiyalarini sotib oldi
Xalqaro neft servis kompaniyalari guruhi Eriell GmbH (Avstriya) "Sarbon neftegaz" aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini sotib oldi.
Toshkent birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, Avstriya kompaniyasi 6,04 dollardan 561,93 mingta aksiya sotib olgan. Natijada Eriell GmbH kompaniyasi o‘zbek kompaniyasining 51 foiz aksiyasini 3,394 mln dollarga sotib olgan.
"Sarbon neftegaz" O‘zbekiston hududidagi neft-gaz tarmog‘i korxonalari va tashkilotlariga yuk va yo‘lovchi tashish bo‘yicha transport xizmatlari ko‘rsatadi.
ERIELL kompaniyasi Rossiya, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yaqin Sharqdagi yetakchi neft-gaz kompaniyalariga quduqlarni qurish va kapital ta'mirlash bo‘yicha xizmatlarni taqdim qiladi.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025