Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXR hukumati xorijda yashiringan amaldorlardan 1,2 milliard dollarni qaytarib oldi
Xitoy hukumati korrupsiyada ayblanuvchi, xorijda yashiringan amaldorlardan 2014-2016 yillarda noqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirilgan 8,54 milliard yuanni (1,2 milliard dollar) qaytarib oldi. Bu haqida hukumatning "Ko‘k kitob" sifatida tanilgan "Korrupsiya bilan kurash va adolatli hukumatning shakllanishi" ma'ruzasida so‘z yuritiladi. TASS shu haqida xabar berdi.
Rasmiy hujjatga ko‘ra, 2016 yilda XXR hukumatida korrupsiyaga qarshi kurash yanada kuchaytirilgan: o‘tgan yanvar-avgust oylarida hukumat mansabdor shaxslarning 26 mingdan ziyodiga qarshi ish ochib, ularni javobgarlikka tortgan.
Hisobotga ko‘ra, Xitoyning taxminan 90 foiz amaldorlari XXR rahbariyatining qonunbuzarliklarga chek qo‘yishga doir qat'iy choralariga ishonch bildirishgan. Shu tariqa, 2012 yil bilan taqqoslaganda, XXR raisi Si Tszinpinning aksilkorrupsiya siyosatini ma'qullovchi davlat apparati xodimlari soni 9,9 foizga ko‘paygan. Mamlakat aholisi orasida esa bundaylar soni 10,2 foizga oshib, 70 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025