Xitoydagi qariyalar uyida chiqqan yong‘in 7 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Xitoyning Tszilin provinsiyasidagi qariyalar uyida chiqqan yong‘in natijasida kamida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqida 4 yanvar, chorshanba kuni Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
Favqulodda hodisa Tunxua shahar okrugining Xueynan uyezdida taxminan tonggi soat 4:30larda sodir bo‘ldi. Yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lindi.
Manbaga ko‘ra, yong‘in ko‘tarilgan vaqtda bino ichida 39 nafar kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar 32 nafar kishining hayotini saqlab qolishgan.
Yong‘in sababi hozircha noma'lum. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025