Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik jurnalistlar Atamboyevga Xitoy safari davomida hamrohlik qilmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun Xitoyga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketadi. Biroq delegatsiya tarkibida jurnalistlar yo‘q, deb xabar berdi «24.kg» axborot agentligi davlat rahbari devonining axborot siyosati bo‘limi boshlig‘i Olmos Usenovga asosan.
Usenovning so‘zlariga ko‘ra, tashrif avvaldan rejalashtirilgan bo‘lib, bu haqda Qirg‘izistonga Eron prezidenti Hasan Ruhoniy kelganida ma'lum qilingan (22-23 dekabr – tah).
«Tashrif ikki kun davom etadi. Almazbek Atamboyev xitoylik hamkasbi Si Tszinpin bilan uchrashuv o‘tkazadi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish haqida fikr almashiladi», - dedi Olmos Usenov.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiya tarkibiga jurnalistlarni kiritmaslikka qaror qilingan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025