Jamiyat | 13:57 / 05.01.2017
9494
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston davlat kotibining sovg‘alari savdoga qo‘yildi

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston davlat kotibi Gulsharoy Abdixalikovaga tegishli ikki sovg‘a gosreestr.kz (davlat mulki reyestri) elektron savdo maydonida sotuvga qo‘yildi. Bu haqida Tengrinews.kz nashri xabar berdi. 

Ma'lum bo‘lishicha, 2016 yilning dekabrida Qozog‘iston davlat kotibiga Afrika delegatsiyasi tomonidan sovg‘alar (fotosurat va vino) topshirilgan. Shundan keyin bu sovg‘alar Qozog‘iston Respublikasi Davlat mol-mulk va privatizatsiya qo‘mitasi qoshidagi maxsus fondga yo‘llangan. Mansabdor shaxslar tomonidan xizmat vaqtida olingan sovg‘alar aynan shu fondga topshiriladi. 

Gulshara Abdixalikovaga berilgan sovg‘alar dastlab davlat organlariga taklif etiladi. Davlat organlarining hech biri bu sovg‘alarga qiziqish bildirmagan taqdirda, ular gosreestr.kz saytidagi elektron savdo maydonida sotuvga qo‘yiladi. Sovg‘alar savdosidan tushgan mablag‘lar davlat byudjyetiga kelib tushadi. 
 

Mavzuga oid