Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Krishtianu Ronaldu yana bir rekord qayd etdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida o‘n birinchi marta UYeFAning yil ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi. Portugaliyalik futbolchining natijasi rekord hisoblanadi.
«Barselona» futbolchisi Lionel Messi sakkizinchi marta yil ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.
2016 yilning ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: Janluidji Buffon («Yuventus», Italiya).
Himoyachilar: Serxio Ramos («Real», Ispaniya), Xerard Pike («Barselona», Ispaniya), Jyerom Boateng («Bavariya», Germaniya), Leonardo Bonuchchi («Yuventus», Italiya).
Yarim himoyachilar: Andres Inesta («Barselona», Ispaniya), Toni Kroos («Real», Germaniya), Luka Modrich («Real», Xorvatiya).
Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Krishtianu Ronaldu («Real», Portugaliya), Antuan Grizmann («Atletiko», Fransiya).
Ronaldu o‘tgan yilda madridliklar jamoasi bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi, Portugaliya bilan esa Yevropa chempioniga aylandi. Dekabr oyida 31 yoshli futbolchi France Football tomonidan «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi. 9 yanvarda unga FIFA tomonidan yil o‘yinchisi uchun mukofot topshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025