Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ZTE 2017 yilda ko‘z bilan boshqariluvchi smartfonini taqdim etadi
Xitoydagi ikkinchi eng yirik smartfon va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchisi hisoblanmish ZTE korporatsiyasi yangi ko‘z bilan boshqariluvchi smartfon ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yakunlagani haqida e'lon qildi. Bu haqida 5 yanvar, payshanba kuni "Sina" axborot portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, gadjyetning old kamerasiga o‘rnatilgan maxsus texnika yangi telefonga ko‘z harakatlari bilan ta'sir o‘tkazish imkonini beradi. Smartfonning tashqi sathi maxsus material bilan qoplangan bo‘lib, uni osonlik bilan devorga yopishtirish, zarurat tug‘ilganda esa yana qaytib olish mumkin.
Ishlab chiqaruvchilarning ma'lum qilishlaricha, hozirda yangi qurilma tajriba bosqichida. Shu bilan birga loyihani moliyalashtirish masalalari borasida ham kelishuv ishlari olib borilmoqda. ZTE ushbu mahsulotini 2017 yilning sentabrida ommaga taqdim etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:30 / 29.03.2025
Maktablarda smartfonlarni taqiqlashning o‘zi yetarli emas – tadqiqot
15:25 / 24.03.2025
Smartfonni almashtirish uchun optimal muddat ma’lum qilindi
12:38 / 11.03.2025