Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda farmatsevtika industrial zonalari paydo bo‘ladi
O‘zbekistonda 4ta farmatsevtika industrial zonasi (FIZ) tashkil etish loyihasi taklif etilmoqda. Bu haqdagi prezident qarori loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga muhokama uchun joylashtirilgan.
Hujjatda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida «Boysun-farm», Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida «Bo‘stonliq-farm», Jizzax viloyatining Zomin tumanida «Zomin-farm» va Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida «Sirdaryo-farm» industrial zonalari tashkil etish nazarda tutilgan.
Qaror mahalliy xomashyolar asosida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, shu orqali aholi uchun yangi ish o‘rinlari tashkil etishga qaratilgan.
Rejaga ko‘ra, bunday industrial zonalar muhlati keyin uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilanadi. Bu muddat davomida industrial zonalar hududida soliq va boj to‘lovlari imtiyozlari amalda bo‘ladi (investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yilgacha muddatga).
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
14:08 / 10.04.2025