Sport | 00:44 / 06.01.2017
8627
3 daqiqa o‘qiladi

Velosipedchi 105 yoshida yangi rekord o‘rnatdi

Sobiq o‘t o‘chiruvchi Rober Marshan 105 yoshida yangi rekord o‘rnatdi. U Sen-Kenten-an-Ivlin velodromida bir soatda 22 km 528 metr masofani bosib o‘tdi va 100 yoshdan oshgan velosipedchilar orasida eng yaxshisi bo‘ldi. 

Marshan bu unvonni 2012 yilda soatiga 24 km 25 metr masofani bosib o‘tganda olgandi. 2017 yilda bo‘lib o‘tgan musobaqada aynan u uchun "105 yoshdan kattalar" toifasi kiritildi, biroq bu toifaga undan boshqa xech kim kiritilmadi. 

Ma'lum bo‘lishicha Marshan velosiped sporti bilan 68 yoshidan shug‘ullana boshlagan va shundan beri izchillik bilan yosh rekordlari o‘rnatib kelmoqda                                                                                                                                                                                                                                          

"Men bu yerga chempion bo‘lish uchun kelganim yo‘q, aksincha inson 105 yoshida ham velosiped ucha olishini isbotlash uchun keldim. Mening yoshimda eng muhimi – to‘xtab qolmaslik.    
Agarda, misol uchun, mashqlarni to‘xtatib qo‘ysak, ularni boshqa hech qachon qaytadan tiklab bo‘lmasligi mumkin", deb aytdi qariya.
Eng yuqori natija ko‘rsatilganiga qaramay sobiq o‘t o‘chiruvchining o‘zidan ko‘ngli to‘lmadi: "Tabloda oxirgi daqiqa ketayotganini ko‘rsatishmadi, ko‘rsatilganda men tezlashgan bo‘lar edim", deb ma'lum qildi Marshan.   

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi Marshanning rekordini qayd qilishi uchun oldin komissiya a'zolari uni dopingga qarshi tekshirib ko‘rishlari kerak bo‘ladi. 

Mavzuga oid