Sport | 19:32 / 06.01.2017
6275
2 daqiqa o‘qiladi

Venger Sanches va O‘zilning «Arsenal»dagi kelajagi borasida fikr bildirdi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Aleksis Sanchesning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga yana bir bor izoh berdi. Ushbu futbolchi bilan londonliklarning amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilgacha va bu shartnoma hali uzaytirilmadi.

«Men ishonch bildiramanki, biz kelishuvga erisha olamiz. Qachonki futbolchi jamoada o‘ynashni istayotgan ekan, kelishish hamisha oson kechadi. Biz albatta kelishib olishimiz mumkin. Ammo biz futbolchilarni deb klubni xavf ostida qoldirmasligimiz kerak.

Nima bo‘lganda ham biz o‘zimizga kerak bo‘lgan futbolchilarni olib qolishga harakat qilamiz. Biz pul xarajat qilishdan , futbolchilarimizga mehribonlik qilishdan cho‘chimaymiz. Biz ularni boy qilishni istaymiz, ammo bu o‘zimizga zarar keltirmasligi kerak», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan The Telegraph.

Bundan oldinroq Arsen Venger Mesut O‘zil va Aleksis Sanches jamoada qolishni istayotgani haqida bildirganini ma'lum qilgandi.

Sanchesga «Manchester Siti», «PSJ» «Yuventus», «Inter» klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud.

O‘zil esa «Manchester Yunayted» hamda «Real» qiziqishlari doirasida turibdi.

Mavzuga oid