Jahon | 08:58 / 07.01.2017
11926
1 daqiqa o‘qiladi

Hillari Klinton Nyu-York meri lavozimiga kurashishi mumkin

AQShdagi prezidentlik saylovlarini yutqazgan Hillari Klinton 2017 yil kuzida o‘z nomzodini Nyu-York meri lavozimi uchun saylovlarga qo‘yishi mumkin. Bu haqda bir xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda New York Daily nashri ma'lum qilmoqda. 

Nashr manbasining ta'kidlashicha, Klintonning tarafdorlari uni siyosatga qaytishga va Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazioga chaqiriq tashlashga ko‘ndirishmoqda. Klintonning o‘zi ham gap orasida bu imkoniyatni rad etmagan. Saylovlar 7 noyabrga belgilangan va Klintonda ularga tayyorlanish uchun hali vaqt serob.

Nashrning ta'kidlashicha, Klinton va de Blazio o‘rtasidagi iliq munosabatlar mer Klintonni prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlashni istamaganidan keyin keskin yomonlashgan. 

Mavzuga oid