Jahon | 22:10 / 07.01.2017
11445
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp rasman AQShning yangi milliy razvedka rahbarini tayinladi

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Indiana shtatining sobiq senatori Deniyel (Den) Koutsni Amerika milliy razvedkasi rahbari lavozimiga rasman tayinladi. Bu haqida respublikachi jamoasining saytida xabar berildi

"Ishonchim komilki, senator Den Kouts - milliy razvedka rahbarligiga to‘g‘ri tanlov", - deya ta'kidladi Tramp. 

U Koutsning professional sohada chuqur bilimlarini aniq namoyon eta olgani hamda sog‘lom fikrlash qobiliyatiga urg‘u berdi.  Trampning so‘zlariga ko‘ra, razvedka idorasini boshqarish uchun aynan shu xususiyatlar zarur. 

Kouts bunday qaror uchun Trampga minnatdorchilik bildirdi. Senator u uchun "Amerika xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashdan muhimroq narsa yo‘q"ligi va buning uchun qo‘lidan kelgancha harakat qilishini qo‘shimcha qildi. 

73 yoshli Kouts 10 yildan ortiq vaqt davomida Indiana shtati senatori lavozimini egallab kelgan va senatning razvedka qo‘mitasi a'zosi bo‘lgan. U kenja Jorj Bush prezidentligi davrida AQShning Germaniyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 


 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid