Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistonga yana o‘z qo‘shinlarini yuboradi
AQSh hukumati 2014 yilda Afg‘onistonning Gilmend viloyatidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketgandan keyin bu viloyatga dengiz piyoda askarlarini birinchi marta yubormoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
AQSh armiyasi general-mayori Rojyer Ternerning jurnalistlarga aytishicha, 300 ga yaqin askar Gilmendga mahalliy xavfsizlik kuchlariga "Tolibon" radikal harakati jangarilari bilan kurashda yordam bergani uchun yuboriladi.
Generalning ta'kidlashicha, piyoda askarlarning joylashtirilishi qo‘shinlarning muntazam rotatsiyasi doirasida o‘tkaziladi. Ular hozirda afg‘on harbiylarini tayyorlashda ishtirok etayotgan harbiylarning o‘rinlarini egallashadi.
Gilmendda AQShning ikkita bazasi: Camp Letherneck va Camp Bastion joylashgan edi. Gilmendda qo‘shinlarning 2014 yili olib chiqilishi Afg‘onistonda xalqaro missiya faoliyatining tugatilishi bo‘yicha eng yirik operatsiyalardan biri bo‘ldi.
AQSh Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini 2001 yilda "Tolibon" tuzumini ag‘darish va "Al-Qoida" terrorchilari bilan kurashish uchun kiritgandi. Dastlab qo‘shinlar 2014 yilda to‘liq olib chiqib ketilishi rejalashtirilgandi, biroq Afg‘onistonning hozirgi ma'muriyati harbiylarning bir qismini mahalliy xavfsizlik kuchlariga yordam tariqasida qoldirishni iltimos qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025