Jamiyat | 00:32 / 08.01.2017
17374
1 daqiqa o‘qiladi

Yer aholisi yangi yulduzning paydo bo‘lishiga guvoh bo‘ladi

2022 yilda Yer aholisi qurollanmagan ko‘z bilan osmonda yangi yulduzning paydo bo‘lishini ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda amerikalik astronom Larri Molnar tadqiqoti natijalariga iqtibos keltirgan holda Times nashri xabar bermoqda. 

Yangi yulduz yulduzli osmon xaritasiga 3-asrdayoq tushirilgan ikkita yulduzning to‘qnashishi oqibatida hosil bo‘ladi.

Astronomning hisob-kitobiga ko‘ra, to‘qnashuv shunchalik yorqin bo‘ladiki, u bir necha kun davomida osmondagi eng yorqin jismlardan biriga aylanadi. Yangi yulduz Oqqush yulduzlar turkumida paydo bo‘lishi kerak.

Molnar o‘z tadqiqotida 2008 yilda qayd qilingan yulduzlar to‘qnashuvi kuzatuvlariga tayangan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid