Jahon | 20:19 / 08.01.2017
13174
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya prezidenti "2016 yil odami" deb topildi

"Al-Jazira" telekanalining "Yangiliklar poygasi" ko‘rsatuvida o‘tkazilgan onlayn-ovoz berish natijalariga ko‘ra Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an "2016 yil odami" deb topildi. Ovoz berishda 130 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan.

Ko‘rsatuv har hafta o‘z tomoshabinlariga "Hafta odami" va "Haftaning eng muhim voqeasi"ni tanlashni taklif qiladi. Biroq bu marotaba Yangi yil munosabati bilan tomoshabinlar 2016 yil odamini tanlashlari kerak bo‘ldi.

Telekanalning Facebook’dagi sahifasida o‘tgan ovoz berishning 1-bosqichida tomoshabinlar 10 nafar nomzoddan "Yil odami"ni tanlab olishlari kerak edi.

2-bosqichda nomzodlar soni 4 nafargacha qisqardi: Erdo‘g‘an, suriyalik bola Umron, tunislik aviakonstruktor Muhammad Az-Zavariy va Marokash bosh vaziri Abdalil Bankiran.

Erdo‘g‘anga tomoshabinlarning 40 foizi ovoz bergan.

 

Mavzuga oid