Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antiqa pijama sportchilarga tiklanishlarida yordam beradi
Under Armour kompaniyasi CES elektronika ko‘rgazmasida sportchilarga uyqu vaqtida tiklanishga va toliqtiruvchi mashqlardan keyin o‘zini yaxshi his qilishga yordam beradigan pijamalar qatorini taqdim qildi. Bu haqda Mashable nashri xabar bermoqda.
Bir qarashda Athlete Recovery Sleepwear deb nom olgan uyqu uchun innovatsion kiyim oddiy pijamadek ko‘rinadi, biroq uning orqa tomoni tibbiyotda zararlangan to‘qimalarni tiklash uchun ishlatiladigan material – biokeramikani o‘z ichiga olgan.
Under Armour’ning ta'kidlashicha, biokeramika unsurlariga ega kiyimdagi uyqu ancha toliqtirgan mashg‘ulotdan keyin tiklanish vaqtini qisqartiradi. Bunday pijamaning narxi 80 dollarni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
00:00 / 05.11.2021
Sportrico tarixda eng ko‘p haq to‘langan sportchilar reytingini e'lon qildi
10:28 / 23.10.2017
Manba: xitoylik sportchilar ommaviy ravishda doping qo‘llashgan
15:20 / 24.09.2017
Beysbolchi Trampga achchiq qilib AQSh madhiyasi yangragan vaqtda o‘tirib oldi
00:11 / 08.06.2017